“SAFIA”ning yutug’i. O’zbekiston bozorida uning o’rni qanday?

Bosh direktori Bekzod Samig‘jonov “SAFIA” qandolatchilik uyi oilaviy korxonasini 2008-yilda birinchi filialini ochish bilan boshlagan.

2015-yilda rebrending o’tkaziladi va kompaniyaning keng ko’lamli rivojlanishi “SAFIA qandolatchilik uyi” nomi ostida boshlanadi.

2022-yil kompaniya uchun yirik ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va Qozog’iston bozoriga chiqish bilan muhim yil bo’ladi.

Bugungi kunda kompaniya bozorda o’z orniga ega va turli yo’nalishlarda faoliyat olib bormoqda:

• SAFIA ning Toshkent shahridagi 80 ta filiali + xalqaro OLIY TA’LIM MASSASALARIDA 7 ta kichik SAFIA shoxobchalari;
• SAFIA ning respublika viloyatlaridagi 6 ta filiali: Andijon, Farg‘ona, Namangan, Buxoro, Qarshi, Chirchiq;
• Qozog’iston, Chimkentda 2 ta filial;
• “BURGER EMBASSY” ning 6 ta filiali;
• 20 ta novvoyxona;
• Xodimlar soni 3200 nafarni tashkil etadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan