O’zbekistonda talabalar uchun yangi stipendiya joriy qilinadi

O‘zbekistonda Prezident qarori bilan yangi stipendiyalar ta’sis etildi. Biroq talabalarning hammasi unga munosib bo’la oladimi. Kuchli bilim va tirishqoqlik talab qiladigan stipendiya aynan qaysi yo’nalishlar uchun joriy qilinmoqda?

Endilikda oliy o‘quv yurtlarining so‘nggi ikki yilgi bakalavriat va magistratura talabalari tarix, geografiya yo‘nalishlari bo‘yicha Bobur nomidagi stipendiya olishlari mumkin.

Ammo ularning barcha fanlar bo’yicha ko’rsatkichlari a’lo bo’lishi kerak (“yaxshi” bahoda 25% gacha). Talabalar ijodiy ishlarda ham ishtirok etishlari kerak. Shunday shartlarda jismoniy tarbiya va sport sohalari uchun Paxlavon Mahmud nomidagi stipendiya ham taqdim etiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan