Rossiya qurol eksporti bo’yicha hamon yetakchilik qilmoqda

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Sen 24, 2023
Rossiya 50-55 milliard dollar darajasida qurol-yarog’ eksporti buyurtmalari portfelini saqlab turibdi
“So’nggi bir necha yil ichida Rossiya buyurtmalari portfeli doimiy ravishda yuqori darajada bo’lib, 50-55 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Uning hajmini biroz o’zgarishi hamkorlarimiz bilan ishlash dinamikasiga bog’lq”,- dedi HTHFX rahbari Dmitriy Shugaev “Armiya-2023” forumi davomida “Interfaks”ga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya forum davomida xorijiy hamkorlar bilan yangi shartnomalar imzolashni rejalashtirmoqda.
“Tafsilotlarga kirmasdan shuni aytamanki, shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan va forum yakunlari boʻyicha Rossiya mudofaa eksporti shartnomalari portfelini koʻpaytiramiz”, – dedi Shugaev.