Toshkent IIBB da gumonlanuvchi shaxs olamdan o’tdi

Joriy yilning 12 avgust kuni gumonlanuvchi U.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JPKning 224-moddasi asosida bayonnoma rasmiylashtirish jarayonida u o‘zini yomon his qilayotganligini aytib, to‘satdan yiqilib hushini yo‘qotgan, deyiladi IIBB rasmiy ma’lumotida.

Holat bo‘yicha tez-tibbiy yordam chaqirtirilib, IIO xodimlari tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan, biroq tez-tibbiy yordam kelgunga qadar U.D. hushiga kelmay vafot etgan.

Birlamchi tashxisga ko‘ra, gumonlanuvchining o‘limi “Jigar sirrozi og‘ir stadiyasi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi” oqibatida yuzaga kelgan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda, U.D.ning o‘lim sababini aniqlash bo‘yicha tegishli sudga oid tibbiy-ekspertiza tayinlangan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan