Trampga jiddiy ayblov qo’yildi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Sen 24, 2023
Trampga Jorjiyadagi AQSh prezidentligi saylovi natijalarini bekor qilishga urinishda ayblov qo‘yildi.
Bu ishda Trampdan tashqari 18 kishi ishtirok etmoqda.
Ayblovga ko‘ra, ularning barchasi “saylov natijalarini noqonuniy ravishda Tramp foydasiga o‘zgartirish uchun” til biriktirgan.
Ular reketlik, yolg‘on bayonot berish, mansabdor shaxslarni qasamyodni buzishga undash, hujjatlarni qalbakilashtirish, guvohlarga bosim o‘tkazish, yolg‘on guvohlik berishda ayblanmoqda.
AQShning sobiq prezidenti 25 avgustdan kechiktirmay sudga kelishi kerak.