Putin AQShni Ukraina mojarosini kuchaytirishda aybladi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Sen 24, 2023
Vladimir Putin Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha XI Moskva konferensiyasi ishtirokchilariga murojaat qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Ukrainadagi mojaroni yanada kuchaytirish va unga boshqa davlatlarni jalb qilish maqsadida “o‘tga moy quyish siyosatini” olib bormoqda. Murojaat RBK nashrida e’lon qilindi.
“Neonatsistlar tuzumiga milliardlab dollarlarni so’rash, uni jihozlar, qurol-yarog’lar, o’q-dorilar bilan ta’minlash, harbiy maslahatchilari va yollanma askarlarini yuborish, mojaroni yanada kuchaytirish, unga boshqa davlatlarni jalb qilish uchun hamma narsa qilinmoqda”, dedi Putin murojaatida.
U, shuningdek, Vashington Osiyo-Tinch okeani mintaqasida rivojlangan davlatlararo hamkorlik tizimiga aralashib, uni oʻzi uchun qayta formatlashga urinayotganini aytdi.