Latviya Belarus tomon chegarasiga askarlarni joylashtirdi

Latviya sharqiy chegarani qo‘riqlash uchun chegarachilarni safarbar qilmoqda.

Latviya Davlat chegara xizmati Belarus bilan chegaraga noqonuniy muhojirlar oqimi va “tez o’sib borayotgan gibrid tahdidlar” tufayli xodimlarni safarbar qilish haqida e’lon qildi.

Latviya Davlat chegara xizmati sharqiy chegarani mustahkamlash uchun qoʻshimcha kuch safarbarligini eʼlon qildi. Qo‘shimcha xodimlarni jalb qilish 15-avgust, seshanba kuni boshlangan, deyiladi boshqarma saytida.

Qaror “Latviya-Belarus chegarasida tez o‘sib borayotgan gibrid tahdid”, shuningdek, “Belarus rasmiylarining noqonuniy muhojirlar oqimini tashkillashtirishdagi ishtirokining kuchayishi” munosabati bilan qabul qilindi”, — deyiladi xabarda. Davlat chegara xizmatining aniqlik kiritishicha, birgina so‘nggi 24 soat ichida Belarusdan chegarani noqonuniy kesib o‘tishga 96 ta urinish aniqlangan.

Davlat chegarasini qoʻriqlash xizmati xodimlariga yillik taʼtil berish toʻxtatildi, taʼtilda boʻlgan chegarachilar xizmatga chaqirildi. Agentlik, shuningdek, Milliy Qurolli Kuchlar va Davlat politsiyasidan qo’shimcha yordam so’radi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan