O’zbekiston tomonidan Ukrainaga yordam jo‘natildi

Ukrainaga jami 785 844 grivnaga (taxminan 21 282 dollar) qishki poyabzal , sport, bolalar va ayollar kiyimlari yuborilgan.

Nodavlat notijorat tashkilotlari va O‘zbekiston biznes tuzilmalari Ukrainaga 10,5 tonna gumanitar yordam jo‘natgani maʼlum bo‘ldi. Bu haqida Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi Nikolay Doroshenko feysbook sahifasida maʼlum qildi.

Gumanitar yordam Lvov viloyatining Drogobiskiy tumani maʼmuriyati, Ijtimoiy siyosat bo‘limi va Lvov viloyati maxsus tibbiy yordam bo‘yicha kengashiga topshirilgan.

Ukrainaga jami 785 844 grivnaga (taxminan 21 282 dollar) qishki poyabzal , sport, bolalar va ayollar kiyimlari yuborilgan. Shuningdek, umumiy qiymati 157 771 grivna (taxminan 4 273 dollar) bo‘lgan tibbiy shprislar, tibbiy paxta va infuzion tizimlar jo‘natilgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan