Yaponiya Fukusima-1 atom elektr stansiyasidagi suvni to’kishni boshlaydi

Yaponiya 24-avgustdan boshlab Fukusima-1 atom elektr stansiyasidagi suvni to‘kishni boshlaydi, deya xabar berdi “Kommersant.ru” nashri.
Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida Fukusima-1 atom elektr stansiyasidan suv oqizish 24-avgustdan boshlanishini ma’lum qildi.  Biroq, Rossiya va Xitoy bunga qarshi chiqmoqda.

“Biz Tokio elektr energetika kompaniyasidan rejalashtirilganidek zudlik bilan tayyorgarlik ko‘rishni so‘raymiz… agar ob-havo va dengiz sharoitlari bunga xalaqit bermasa, 24-avgust kuni suv oqizish boshlanadi”, dedi janob Kishida.

Fukusima-1 AESdagi avariya 2011-yilda sodir bo’lgan. Reaktorlarni sovutish uchun ishlatiladigan suv tozalashdan so’ng tanklarda saqlanadi. Ular deyarli 90% to’lgan. Shu munosabat bilan rasmiylar tozalangan suvni to’kishga qaror qilishdi. Xitoy qarshi chiqdi. U Yaponiyaning o’nta prefekturasidan mahsulotlar olib kirishni taqiqladi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan