O‘zbekiston kelajakdagi atom elektr stansiyasi uchun Vengriya texnologiyasidan foydalanadi

Vengriya tomoni texnologiya almashishga tayyor.
O‘zbekiston kelajakdagi atom elektr stansiyasi uchun Vengriyaning quruq sovutish texnologiyasidan foydalanishni rejalashtirmoqda. Bu haqda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Alisherbek Payg‘omovning Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyar bilan uchrashuvida ma’lum bo‘ldi.

Vengriya tashqi ishlar vazirining soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston Vengriya bilan bir qatorda atom energiyasini xavfsiz va arzon elektr energiyasi bilan taʼminlash kafolati sifatida koʻradi. Shu munosabat bilan Vengriya tomoni atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasi amalga oshirilganda O‘zbekistonga havo sovutish texnologiyasini taqdim etishga tayyorligini bildirdi.

“Bu Rossiya-Oʻzbekiston-Vengriyaning yadroviy sohadagi umumiy qiymati yuzlab million yevroga teng boʻlgan qoʻshma hamkorligini anglatadi”, – dedi Siyarto.

One thought on “O‘zbekiston kelajakdagi atom elektr stansiyasi uchun Vengriya texnologiyasidan foydalanadi

  1. I discovered your weblog web site on google and examine a number of of your early posts. Proceed to maintain up the very good operate. I simply further up your RSS feed to my MSN News Reader. Seeking forward to reading extra from you later on!…

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan