Nestle bolalar oziq-ovqatlari va ona suti o’rnini bosuvchi mahsulotlar narxini oshiradi

Nestle bolalar oziq-ovqatlari, jumladan, ona suti o‘rnini bosuvchi mahsulotlar narxini deyarli 10 foizga oshiradi, deb xabar berdi “Kommersant”. Narxlarning ko’tarilishi sabablari rublning zaiflashuvi hamda shakar va kakao narxlarining yuqorilgidir.

Nestlé sentabr oyi boshida bolalar ovqatlari, jumladan, ona suti o‘rnini bosuvchi mahsulotlar (Nestogen, NAN, Gerber va Nestle), nonushta donlari (Nesquik, Khrutka, Cosmostars) va eriydigan kakao ichimliklar narxlarini oshiradi. Kompaniya 4-sentabrdan boshlab narxlarni 10 foizga oshirishni rejalashtirmoqda.

Chakana distribyutorlarga ham shunday xatlar yuborilgan, biroq Nestle maktubga izoh berishdan bosh tortdi.

Savdo hamkorlariga murojaatida Nestle bolalar oziq-ovqatlari narxining oshishini rublning jiddiy qadrsizlanishi bilan izohlaydi. Rubl kursidan tashqari, kakao ichimliklar narxiga xomashyo va shakarning jahon narxlarining o’sishi ham ta’sir ko’rsatmoqda. 22-avgust kuni Nyu-York tovar birjasida kakao donining bir tonnasi 3,33 ming dollarga yetdi.

Shakarning ulgurji narxlari yil boshidan buyon o’sib bormoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan