Huawei AQSh sanksiyalarini chetlab o’tish uchun maxfiy zavodlar quradi

Huawei AQSh sanksiyalaridan qochish maqsadida yarimo’tkazgichlar ishlab chiqaradigan maxfiy zavodlar qurmoqda, dedi Bloomberg.

Yarimo’tkazgichlar sanoati uyushmasi (SIA) ma’lumotlariga ko’ra, korporatsiya Xitoyda kamida ikkita mavjud zavod sotib olgan va yana uchta yangi zavod qurmoqda.

Ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish Xitoy hukumati va Shenchjen shahri ma’muriyati tomonidan homiylik qilinmoqda.

Umuman olganda, kompaniya korxonalarni ishga tushirish uchun taxminan 30 milliard dollar olishga muvaffaq bo’ldi.

One Reply to “Huawei AQSh sanksiyalarini chetlab o’tish uchun maxfiy zavodlar quradi”

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan