Britaniya Ukrainaga yadro yoqilg’isi sotib olish uchun 245 million dollar va’da qilmoqda

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Dushanba, Okt 2, 2023
Kiyev atom elektr stansiyalari uchun yoqilg‘i, jumladan, Yevropa Urenco konsorsiumidan sotib olishi mumkin bo‘ladi, dedi Britaniya Energetika vaziri. 2022-yil mart oyida Ukraina Rossiyadan xarid qilishdan bosh tortgan edi.
Buyuk Britaniya Ukrainaga yadro yoqilg‘isi sotib olish uchun 192 million funt sterling (245 million dollar) ajratadi. Bu haqda Energetika vaziri Grant Shapps Kiyevga tashrifi chog‘ida Reuters agentligiga intervyu bergan.
“Bu uning yadro yoqilg’isi kelajakda Rossiya orqali o’tmasligining kafolatidir”, dedi Shapps.
Kiyev yoqilg‘ini, jumladan, Yevropa Urenco konsorsiumidan (Buyuk Britaniya, Germaniya, Niderlandiya) sotib olishi mumkin bo‘ladi, dedi u.
Ukraina hozirda ishlayotgan to‘rt atom elektr stansiyasidan uchtasini nazorat qiladi. Zaporojye AES Rossiya qo’shinlari nazorati ostida.
Your place is valueble for me. Thanks!…