O’zbekistonda 744 nafar 50 yoshdan yuqori ayollar nikohi qayd etildi

O‘zbekistonda 7 oyda 744 nafar 51 va undan katta yoshli ayollar nikohi qayd etilgan.

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-iyul oylarida FHDYO organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasida jami 122 468 ta nikoh qayd etilgan.

Qayd etilgan nikohlarda kelinlarning yosh guruhlari bo‘yicha tarkibi quyidagicha:

30 yoshgacha – 109 550 nafar,

31-40 yosh – 10 000 nafar,

41-50 yosh – 2 174 nafar,

51 yosh va undan kattalar – 744 nafar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan