Tojikistonda jala 13 kishining hayotiga zomin bo’ldi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Sen 24, 2023
Tojikistonda 27-avgust, yakshanba kuni kuchli yomg‘ir yog‘di. Oqibatda, jala 13 kishining hayotiga zomin bo’ldi. Bu haqda mamlakat prezidenti Imomali Rahmon matbuot xizmati xabar berdi.
Vahdat shahrida 11 kishi, Rudakiy viloyatida ikki kishi halok bo‘ldi.
Tojikiston prezidenti halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, ularga zarur yordam ko‘rsatish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.
Hokimiyatga tabiiy ofat oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish topshirildi.