AQShning eng yirik aviatashuvchi kemasi Antaliya portiga kirdi

AQSh harbiy-dengiz kuchlarining dunyodagi eng yirik aviatashuvchisi USS Gerald R.Ford Turkiyaning Antaliya portiga kirdi. Bu haqda Anodolu axborot agentligi xabar berdi.

Port direktori O’zgut Sertning maʻlum qilishicha, aviatashuvchi bortida 4,5 ming ekipaj aʻzosi bor. Port rahbarining fikricha, bunday kemaning Turkiya qirg’oqlarida paydo bo’lishi mamlakat iqtisodiyotiga katta hissa qo’shadi.

AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining operativ shtabi kemaning Antaliya portida to’xtashi oldindan rejalashtirilganligi va Turkiya hukumati bilan kelishilganligini maʻlum qildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan