O’zbekistonda o’smirlar qayerda ishlashlari mumkin

Vazirlar Mahkamasi 15 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan kasblar ro‘yxatini tasdiqladi.

219 ta kasb-hunar ro‘yxatida faoliyatning aksariyati televidenie, radioeshittirish, sport va san’at bilan bog‘liq.

Kasblar orasida: rejissyor yordamchisi, teleradiokompaniyada boshlovchi, ekskursiya gid, fotograf, hakam, sport murabbiyi, operator, dizayner, animator, aktyor, ansambl rassomi, illyustrator, vizajist, kaskadyor, hunarmand kabi kasb turlari mavjud.

Shuningdek, qarorga ko’ra, 15 yoshga to’lmagan o’smirni ishga joylashtirish uchun bolaning ota-onasi yoki vasiysining ruxsati talab qilinadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan