O‘zbekiston 210 million dollardan ortiq elektromobil import qildi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Sen 24, 2023
Elektromobillarni yetkazib berish olti barobarga oshdi.
Joriy yilning yetti oyida O‘zbekiston 217,1 million dollarga 10 ta davlatdan 7,3 ming dona elektromobil import qildi, deya xabar bermoqda Statistika agentligi.
Elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 6 barobar oshdi.
Xitoy hali ham elektr mashinalarining asosiy yetkazib beruvchisi hisoblanadi. Importning asosiy qismi – 6,8 ming avtomobil mamlakat hissasiga to‘g‘ri keladi.
Elektr avtomobillarini import qiluvchi boshqa mamlakatlar ham ma’lum bo’ldi:
Gonkong – 376 dona;
Germaniya – 64 dona;
Koreya – 18 dona;
BAA – 16 dona.