O’zbekistonda boshpana topgan afg’on qochqinlari soni qancha?

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Okt 1, 2023
Joriy yil 30-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston, shuningdek, Tojikiston, Pokiston va Eronda 8,2 milliondan ortiq afg‘on istiqomat qiladi. Ma’lumotlar xalqaro gumanitar tashkilot UNISEF tomonidan e’lon qilindi.
Taxminan 2,1 million kishi qochqin sifatida rasman ro’yxatga olingan. Ulardan 1,6 million nafari Tolibon Qobulni egallab olgan davr – 2021-yil avgustidan boshlab Afg‘onistonni tark etgan.
2022-yil dekabriga kelib O‘zbekistonda amaldagi vizaga ega 2000 ga yaqin afg‘on bor edi. Endi ularning sonini taxmin qilish qiyin.
UNICEF O‘zbekiston chegaralari yopilganiga qaramay, Afg‘onistondan mamlakatimizga harakatlanish imkoniyati saqlanib qolayotganini ta’kidladi.
Afg‘onlarning o‘zlariga ko‘ra, ularning aksariyat farzandlari O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatidagi maktablarda, davlat dasturlari bo‘yicha turli kurslarda tahsil oladi.
Mintaqada birorta ham afg‘on qochqinini rasman ro‘yxatdan o‘tkazmagan yagona davlat bu Turkmanistondir.
Bundan tashqari, Termiz shahrida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Toshkent davlat transport universitetida yuzdan ortiq afg‘onistonlik bakalavriat tahsil oldi.
Afg‘onistonlik bolalar ham Termiz shahridagi IT-lagerda tahsil olib, sertifikatlar oldi.