AQSh va Xitoy barqaror iqtisodiy munosabatlarga ega bo’lishi muhim

AQSh Savdo vaziri Jin Raimondo Xitoy rasmiylari bilan uchrashuvda dunyoning ikki yirik iqtisodiyoti barqaror iqtisodiy munosabatlarga ega bo‘lishi “o‘ta muhim” ekanini aytdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi yillik tovar ayirboshlash hajmi 700 milliard dollardan oshadi.

“O’ylaymanki, agar biz to’g’ridan-to’g’ri, ochiq va amaliy harakat qilsak, oldinga siljishimiz mumkin”, dedi Raimondo.

O‘z navbatida, uning xitoylik hamkasbi Van Ventao AQSh va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar nafaqat ikki davlat, balki butun dunyo uchun muhim ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u Pekin o‘zaro savdoni qo‘llab-quvvatlash uchun yanada qulayroq siyosiy muhit ustida ishlashga tayyorligini qo‘shimcha qildi.

Joriy yilning iyul oyi oxirida Savdo departamenti rahbari prezident Jo Bayden maʼmuriyati Xitoyga eksportni diqqat bilan nazorat qilishga intilayotganini eʼlon qildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan