31 ta tuman va shahar hokimlari maktablarni ta’mirlash uchun mablag’ ajratmagan

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Sen 24, 2023
Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, bir yilda ularning ishi baholanib, yangi tizimni samarali qo‘llagan o‘qituvchilarga 40 foizgacha ustama beriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktablarda taʼlim sifatini yana-da oshirish, o‘quvchi o‘rnini ko‘paytirish hamda o‘qituvchilar malakasini oshirish va ularga munosib sharoit yaratish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo’lib o’tmoqda.
Respublika bo‘yicha 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar o‘quv dasturi, baholash tizimi joriy etiladi.
Shuningdek, maktabgacha va maktab taʼlimi vaziriga viloyat hokimlari bilan birga kelasi yildan ushbu 500 ta maktabning har biriga 3 tadan maktabni biriktirib, yangi tizimni yo‘lga qo‘yish topshirildi. Bu ishlar orqali yana 1,5 mingta maktabga Prezident va ixtisoslashgan maktablar metodikasi, muhiti kirib boradi.
Kelgusi 5 yilda ushbu tizim barcha maktablarda joriy qilinadi. Maktablarni kompyuter sinflari bilan jihozlashga respublika byudjetidan 320 milliard so‘m ajratilib, maktablarga 40 mingga yaqin kompyuterlar olib berildi.
Shular qatorida hali kamchiliklar ham yetarli. Masalan, maktablarni taʼmirlashga bu yil mahalliy byudjetdan 135 milliard so‘m ajratildi. Biroq, 31 ta tuman va shaharda hokimlar ushbu maqsadlar uchun mablag‘ bermagan.
Yangi o‘quv yilida ushbu maqsadlar uchun respublika byudjetidan 200 milliard so‘m, mahalliy byudjetlardan yana 200 milliard so‘m ajratiladi.
Malatya Karaca Ticaret | NURKAN KARACA Malatya stihl bayi,Malatya stihl servis,Hızar motoru,Motorlu testere,Motorlu tırpan, Çim biçme makinası,Malatya karacalar,Malatya stihl, nurkan karaca Malatya’nın en köklü Stihl bayilerinden olan Nazım Karaca ve torunu Nurkan Karaca şimdi e-ticaret platformlarında faaliyet yürütmektedir. Mağazamız, hem stihl satışı hem de stihl servisliğini yapmaktadır.