UAZ O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi

Avtomobil zavodi ishlab chiqarishni Chirchiq texnoparki hududida joylashtirishni rejalashtirmoqda.

Rossiyaning UAZ avtokonserni O‘zbekistonda avtomobillarni yig‘ishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Chirchiq texnoparki rasmiy kanalida xabar berdi.

21-avgust kuni UAZ vakillari sanoat parkiga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan tanishdi.

UAZ vakillari O‘zbekistonda avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalari haqida ma’lum qildi va texnoparkdan avtomobillarni yig‘ish joyi sifatida foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

UAZ 1941-yilda tashkil etilgan bo‘lib, UAZ brendi ostida to‘liq g‘ildirakli yengil avtomobillar hamda yengil yuk tashuvchi yo‘lovchi va yo‘ltanlamas avtomobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 2000-yillarning boshidan beri zavod Sollers avtomobil konsernining bir qismiga aylandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan