Erdo‘g‘on va Putin Sochida nimani muhokama qilishi mumkin?

Turkiya va Rossiya prezidentlari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Vladimir Putin Sochidagi muzokaralarda Turkiya kelishuvning barcha tomonlari bilan muloqotdan so‘ng ishlab chiqadigan don kelishuvining yangi formulasini muhokama qilishlari mumkin. Bu haqda Hurriyet gazetasi manbalarga tayanib yozmoqda.

Nashrning yozishicha, avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan “Rossiyada ham xuddi shunday usulni qo‘llaydi, ya’ni Rossiya rasmiylarining fikrini tinglaydi”. Shundan so‘ng Turkiya tashqi ishlar vaziri BMT bilan muzokaralar o‘tkazadi. Hurriyat suhbatdoshlariga ko‘ra, Erdo‘g‘on va Putin Sochidagi uchrashuvda muloqotlar natijasida ishlab chiqilgan don bitimi formulasini muhokama qilishlari mumkin.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Vladimir Putin 2-avgust kuni telefon orqali shaxsan uchrashishga kelishib oldi. 24-avgust kuni “TASS” manbalarga tayanib, Erdo‘g‘on 4-sentabr kuni Sochida rossiyalik hamkasbi bilan uchrashish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Xuddi shunday sanani Haberturk manbalari ham bergan. 25-avgust kuni Kreml prezidentlarning uchrashuvi yaqin orada bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Biroq, sana aniqlanmagan. Bloomberg agentligining yozishicha, prezidentlarning uchrashuvi 8-sentabr kuni bo‘lib o‘tishi mumkin.

18-iyul kuni Rossiya Ukraina g’allasini Qora dengiz orqali eksport qilishni nazarda tutuvchi don bitimida ishtirok etishni to’xtatdi. Turkiya va BMT Rossiyani kelishuvni amalga oshirishga qaytishga koʻndirishga harakat qilmoqda. Biroqб Rossiya tomoni kelishuvga qaytish G‘arb Rossiyaning barcha shartlarini bajarganidan keyingina mumkin bo‘lishini ta’kidlamoqda. Ya’ni, Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va o‘g‘itlarining jahon bozoriga chiqishidagi cheklovlarni olib tashlash kerak bo’ladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan