Vision Industries. O‘zbekistonda yangi kompaniya ish boshlashi kutilmoqda

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Okt 1, 2023
Kompaniya shamol energetikasi tizimlari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi.
Saudiya Arabistonining Vision Industries kompaniyasi O‘zbekistonda ish boshlashni rejalashtirmoqda.
Yaqinda vazir oʻrinbosari Oybek Hamroev Vision Industries kompaniyasining biznesni rivojlantirish boʻyicha direktori Mohamed Bou-Zeid bilan uchrashdi. Bu haqda ISSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv davomida shamol energetikasi tizimlari uchun butlovchi qismlarni mahalliylashtirish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Vision Industries kompaniyasi 2021-yilda tashkil etilgan bo‘lib, jahonning 13 mamlakatida umumiy quvvati 45 GVt bo‘lgan muqobil energiya manbalariga xizmat ko‘rsatadi. Uning 5,3 milliard dollarlik loyihalariga elektr energiyasini saqlash tizimlarini qurish, yashil vodorod ishlab chiqarish va shamol energetikasi tizimlari uchun ishlatiladigan komponentlar kiradi.