“O‘zAeroport” xalqaro aeroportlar kengashi bilan hamkorlikni tikladi

Uzbekistan Airports xalqaro aeroportlar kengashi (ACI) bilan hamkorlikni tiklamoqda, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.

O‘zbekiston aeroportlari va ACI o‘rtasidagi hamkorlik koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtagan.

– Hamkorlikning yangilanishi xalqaro aeroportlar bilan aloqalarni mustahkamlaydi va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. “Uzbekistan Airports” mintaqadagi yetakchi aviatsiya korxonalaridan biriga aylanish va Oʻzbekiston aeroportlarini mintaqadagi havo markazlariga aylantirishga intilmoqda”, — deyiladi kompaniya matbuot xizmati xabarida.

ACI 1948-yilda tashkil etilgan. Tashkilotning asosiy maqsadi tashkilotga aʼzo boʻlgan aeroportlarning manfaatlarini ifodalash, shuningdek, havo bandargohlarining aviakompaniyalar bilan yaqin hamkorlik qilishdan iborat. U dunyoning 179 mamlakatida 650 aʼzosiga ega.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan