“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlar tizimi dunyoda yagona hisoblanadi” – Loran Okkuturye

Joriy yilning 28-avgust – 2-sentyabr kunlari Germaniyada O‘zbek to‘qimachilik sanoati kunlari o‘tkaziladi. Bu haqda “O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Germaniyaning 4 ta shahrida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan ushbu forumda 50 dan ortiq O‘zbekiston va Germaniya kompaniyalari ishtirok etmoqda.

Forumda xalqaro brendlar, sour va riteyl kompaniyalar, shu jumladan Falke, Triumph, Lidl kabi yirik brendlar, Haleba, Oddo Bank, LBBW kabi yirik moliya institutlari va banklar vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan “Gherzi” xalqaro konsalting kompaniyasi hamkori Loran Okkuturye soha yutuqlari hamda O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoati jadal rivojlanayotgani har qanday xorijiy davlatning orzusi ekanini alohida taʼkidladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan