Oʻzbekiston va Belarus tadbirkorlari oʻrtasida 238 milliard soʻmlik shartnomalar imzolanadi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Sen 24, 2023
Oʻzbekiston va Belarus birinchi ayollar biznes-forumi doirasida 50 million belarus rubliga (238 milliard soʻm) shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan, deb xabar berdi BelTA axborot agentligi.
Tadbir Belarus Milliy Assambleyasi Kengashi tomonidan tashkil etilgan.
Tadbir shu yilning sentyabr oyida Belarusda o‘tkazilishi kutilmoqda. Unda mamlakatimizdan 100ga yaqin ishtirokchi qatnashadi. Forumga parallel ravishda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Belarus Respublikasiga tashrif buyuradi.
Forum doirasida ikki mamlakat oʻrtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, toʻqimachilik, tibbiyot va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ham uchrashuvlar boʻlib oʻtadi.