Yaponiya Bosh vaziri Fukusima baliqlarining xavfsizligini isbotlash uchun tatib ko’rdi

Yaponiyaning “Fukusima-1” atom elektr stansiyasidan (AES) suv oqizilishi natijasida ayrim davlatlar dengiz mahsulotlarining zaharlangani iddaosi bilan import qilishni to’xtatgan edi. Mamlakat bosh vaziri Fumio Kishidaning qator idoralar rahbarlari bilan o‘tkazgan biznes tushligida Fukusima dengiz mahsulotlari taqdim etildi.

TASS axborot agentligi bosh vazirning  bir qancha mamlakatlarni tashvishga solayotgan baliq va sakkizoyoqni yeyayotgani aks etgan videoni e’lon qildi.

Yaponiya amaldorlari kambala, levrek va sakkizoyoqdan tayyorlangan sashimi (xom dengiz mahsulotlaridan tayyorlangan an’anaviy yapon taomlari) iste’mol qildilar.

“Bu juda mazali, ayniqsa sakkizoyoq mazali edi”, dedi Iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Yasutoshi Nishimura jurnalistlarga.

Fukusima prefekturasida ovlangan dengiz mahsulotlari xavfsiz ekanligini isbotlash maqsadida kechki ovqat Yaponiya tomoni tomonidan uyushtirilgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan