FSB Bryansk viloyatida ukrainalik sabotajchilar guruhini yo’q qilganini e’lon qildi

Rossiya xavfsizlik kuchlari Bryansk viloyatining Nevelsk tumanida ukrainalik diversantlar guruhi bilan jangga kirishdi, deb xabar berdi “Kommersant” FSB ma’lumotiga tayanib. Guruhning ikki a’zosi “tezkor-jangovar tadbirlar davomida” yo’q qilindi. Besh kishi hibsga olingan, ulardan uch nafari yaralangan.

Operatsiya Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda 30-avgust kuni o‘tkazildi. Ta`kidlanishicha, qo’poruvchi-terrorchi guruh tarkibida Ukraina Xavfsizlik xizmati, razvedka bosh boshqarmasi va Ukraina Mudofaa vazirligi maxsus operatsiyalar xizmatining oddiy xodimlari bo’lgan. Ularning maqsadi “harbiy va energetika infratuzilmasi obyektlarida bir qator shov-shuvli terrorchilik harakatlarini amalga oshirish” edi, deyiladi xabarda.

FSB ma’lumotlariga ko’ra, har bir diversantda “turli xil qurollarning ta’sirchan yuki” bo’lgan, jumladan, ovozsiz o’q otish moslamalari bo’lgan Amerikada ishlab chiqarilgan avtomatlar, kuchli portlovchi qurilmalar, NATO tipidagi ko’plab granata va patronlar va tungi ko’rish moslamalari. Jinoyat ishini qo‘zg‘atish masalasi ko’rib chiqilinmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan