Tog’larda qulaylik. Zominda aeroport ochildi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Shanba, Sen 30, 2023
1-sentyabr kuni Zomin shahrida (Jizzax viloyati) aeroportning ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Bu haqda Uzbekistan Airways aviakompaniyasining matbuot xizmati ma’lum qildi.
Obyekt qurilishi shu yilning iyul oyi oxirida boshlangan edi. Sentyabrda kompaniya asosiy qurilish ishlarini yakunladi.
Havo porti tarkibiga 1,2 km uzunlikdagi uchish-qo’nish yo’li, ikkita samolyot uchun to’xtash joyi, aerovokzal binosi va dispetcherlik minorasi kiradi. Vertolyot maydonchasi qurilishi rejalashtirilgan.
“Uzbekistan Airways flotida LET l-410 tipidagi samolyotlar mavjudligi sababli aviakompaniya yaqin kelajakda Zominga muntazam reyslarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Shahrisabz, Zarafshon, Sariaosiya va So‘xga parvozlar boshlanishi kutilmoqda.
Zominda Davlat tog ‘- archazor qo’riqxonasi, Aydar-Arnasay ko’llar tizimi, Zomin sanatoriysi joylashgan.