Toshkentda oʻquv yili boshidan tezyurar avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyildi

Ular ertalab va kechqurun yurishadi.
Poytaxtimizda yangi o‘quv yili boshlanishi bilan uchta yo‘nalish bo‘yicha tezyurar avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar berdi “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati.

Ushbu avtobuslar 4-sentabr, dushanbadan boshlab ertalab (soat 07:30 dan 09:30 gacha) va kechki payt (16:30 dan 20:00 gacha) harakatlanadi.

Uchta marshrut mavjud bo’lib, ularning barchasi Buyuk Ipak yo’li metro bekatida tugaydi. Ularda beshta MAN RR3 avtobusi harakatlanadi.

Shuningdek, yo’lovchilarga ko’rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish hamda yo’lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash maqsadida, 4-sentabr kunidan boshlab Toshkent shahridagi avtobus yo’nalishlari soni 167 taga yetkaziladi hamda kunlik ishga chiqarilayotgan avtobuslar soni 1700 taga oshiriladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan