Bayden Si bilan G20 sammitida ko’rishishni xohlaydi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Dushanba, Okt 2, 2023
Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh) prezidenti Jo Bayden Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) raisi Si Szinpinning Hindistonda boʻlib oʻtadigan G20 sammitida ishtirok etmasligidan hafsalasi pir boʻldi. Bu haqda Bayden jurnalistlarga bildirdi, deb yozadi Reuters.
“Hafsalamiz pir bo’ldi … Lekin men hali ham uni ko’raman”, dedi Bayden.
AQSh prezidenti Hindistonda 7—10-sentabr kunlari boʻlib oʻtadigan G20 sammitida ishtirok etish niyatida.
Si ushbu tadbirni o’tkazib yuborishi kutilmoqda. Sammitda Xitoy delegatsiyasiga Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Tsyan boshchilik qiladi.
G20 20 ta davlat hukumatlari va markaziy banklari rahbarlaridan iborat klubdir. Ular orasida AQSh va Xitoydan tashqari Yevropa Ittifoqi, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Hindiston, Rossiya va boshqa davlatlar bor.