Polsha Kiyev iltimosiga binoan ukrainaliklarni ekstraditsiya qila boshladi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Dushanba, Okt 2, 2023
Polsha Ukraina hukumati talabiga binoan noqonuniy muhojirlarni Yevropaga jo‘natishni tashkil qilgan ukrainaliklarni ekstraditsiya qildi, deb xabar bermoqda “Rzeczpospolita” gazetasi manbalarga tayanib. Gazetaning yozishicha, Ukraina rasmiylari safarbarlikdan qochgan ukrainaliklarni ekstraditsiya qilishni talab qilishi mumkin, biroq bunday tartib rasmiy hujjatlarni talab qiladi.
Umuman olganda, Polsha chegara xizmati maʼlumotlariga koʻra, 2022-yil 24-fevraldan joriy yilning 31-avgustigacha Polshaga harbiy yoshdagi (18-60 yosh) qariyb 2,87 million ukrainalik kirib kelgan. Xuddi shu davrda deyarli 2,8 million ukrainalik Polshani tark etdi. Shunday qilib, 80 mingga yaqin ukrainalik erkaklar Polshaga joylashdilar.
“Ukraina uchun bu katta raqam, chunki bu odamlar safarbar etilishi va qurolli kuchlarimiz safini toʻldirishi, shu orqali mudofaa va xavfsizligimizni mustahkamlashi mumkin edi”, dedi Ukraina Oliy Radasi Milliy xavfsizlik, mudofaa va razvedka qoʻmitasidan Fedor Venislavskiy. U Ukraina prokuraturasi xorijda yashiringan fuqarolarni javobgarlikka tortishi mumkinligini inkor etmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ularning bir qismi mamlakatni noqonuniy, jumladan, chegara o‘rmonlari orqali tark etgan.
Polsha bosh politsiya boshqarmasi matbuot kotibi Mariush Ciarka taʼkidlaganidek, bunday odamlarni oʻz vataniga ekstraditsiya qilish uchun Ukraina ularning har birini hibsga olish uchun xalqaro order berishi kerak. “Agar biz shunday xorijlikni, masalan, oddiy yo‘l bo‘yida tekshirish uchun qo‘lga olsak, bizning Milliy politsiya axborot tizimimiz uning Ukraina prokuraturasi tomonidan ta’qib qilinayotgan shaxs ekanligini ko‘rsatadi, chunki Interpol ma’lumotlari mavjud”, — dedi rasmiy. Bunday shaxs hibsga olinadi, bu haqda prokuraturaga xabar beriladi. U ekstraditsiya qilinadimi yoki yo’qmi – sud qaror qiladi.