Chindan ham qurg’oqchilikka yaqinlashyapmizmi?

Xalqaro valyuta jamg’armasining ma’lumotlariga ko’ra, so‘nggi 30 yil ichida Markaziy Osiyoda havo harorati 1,5 darajaga ko‘tarilgan. Bu global harorat o‘sishidan (0,7 daraja) 2 baravar yuqoridir. Bundan tashqari, so‘nggi 50-60 yil davomida Markaziy Osiyoda muzliklar maydoni taxminan 30 foizga qisqargan. Natijada 2050-yilga borib Sirdaryo havzasida suv resurslari 5 foizga, Amudaryo havzasida 15 foizgacha kamayishi kutilmoqda.

Ekspertlar ushbu vaziyatning oldini olish va yumshatish uchun suvdan foydalanishdagi mintaqaviy hamkorlik yo’lga qo’yilishi kerakligini ta’kidlashmoqda. Ushbu maqsadlarda bugungi kunda O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan suv masalalari bo‘yicha aloqalarni Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi va Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish komissiyasida, suvdan foydalanish bo‘yicha hukumatlararo ishchi guruhlar doirasida izchil rivojlantirmoqda.

5 Replies to “Chindan ham qurg’oqchilikka yaqinlashyapmizmi?”

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan