Erdo‘g‘an Ilon Maskka Turkiyada Tesla zavodini ochish taklifini berdi

 

17 sentyabr kuni Turkiya prezidenti Rejep Erdo‘g‘an Nyu-Yorkda Ilon Mask bilan uchrashdi. Bu haqda Turkiya prezidenti ma’muriyatining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Xabarga ko’ra, uchrashuvda Erdo‘g‘an Maskga Turkiyaning texnologiya sohasidagi yutuqlari haqida gapirib bergan va uni Tesla’ning respublikada yettinchi zavodini qurishga undagan. Shuningdek, prezident Turkiya va SpaceX o‘rtasida kosmik dastur doirasida hamkorlik qilish to‘g‘risida ham taklif kiritgan.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan