Dunyo va Oʻzbekistonda: oʻxshash banknotalar hamda ular keltirib chiqaradigan muammolar

Istalgan xarid yoki xizmatni amalga oshirishdagi asosiy vosita bu – pul birligi, yaʼni valyutalardir. U turli mamlakatlarda turlicha koʻrinish va nomlarga ega.

“Assambleya TV” valyutalarning konvertatsiya turlari, oʻzbek soʻmi qanday valyuta hisoblanishi, oʻxshash kupyuralar va ular keltirib chiqaradigan muammolar haqida soʻz yuritadi.

Foto: PaySpaye Magazine

Valyuta nima va dunyoda nechta pul birligi bor?

Valyuta — davlatning pul birligi boʻlib, u muomaladagi qonuniy toʻlov vositasi sanaladi. Valyuta mamlakatdagi tovarlar qiymatining oʻlchovi, hisoblash va toʻlash vositasi boʻlib xizmat qiladi.

Ayni paytda yer yuzida 250 dan ziyod davlat mavjud boʻlib, ulardan 159 tasi mustaqil mamlakat, qolganlari esa noaniq yoki maxsus maqomga ega mamlakatlar sanaladi. Dunyo boʻyicha valyutalar soni esa 160 ga yaqin.

Tushunganingizdek, mavjud valyutalar soni davlatlar soni bilan teng emas. Buning sababi, baʼzi mamlakatlarning muomaladagi pul birligi bir nechta mamlakatniki bilan yagona hisoblanadi. Bu esa jamoaviy valyuta deb ataladi.

Jamoaviy valyuta — maʼlum bir davlatlar guruhi va xalqaro tashkilotlar tomonidan moliyaviy amaliyotlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan valyutadir. Masalan, 1999-yilning 1-yanvarida Yevropa Ittifoqi (YEI) davlatlari yagona valyuta – yevroni naqdsiz shaklda, 2002-yilning 1-yanvaridan esa banknotalar va tangalar koʻrinishida muomalaga kiritgan.

 

Foto: “Vzglyad.uz”

Bugungi kunda, yevro 19 ta mamlakatning rasman muomaladagi pul birligi sanaladi. Shuningdek, undan ber nechta mamlakatda norasmiy tarzda ham foydalaniladi.

AQSH dollari ham dunyo boʻyicha koʻp tarqalgan valyuta turi boʻlibgina qolmay, bir nechta davlatning milliy valyutasiga aylangan. Bundan tashqari, AQSH dollari “Jahon zaxira valyutasi” unvonini olgan. Yaʼni, uning muomalasi dunyoning istalgan nuqtasida erkin va cheklanmagan.

Oʻzbek soʻmi qanday turdagi valyuta hisoblanadi?

Oʻzbek soʻmi qisman konvertatsiya boʻladigan valyuta sanaladi. Bu kabi valyutalar – emitent mamlakatdan tashqarida muomalasi cheklangan milliy banknotalar hisoblanadi.

Maʼlumot uchun, emitent – oʻz faoliyatini rivojlantirish va moliyalashtirish uchun qimmatli qogʻozlarni chiqaradigan tashkilot sanaladi.

Soʻm – Oʻzbekistonda qonuniy toʻlov vositasi sanalsa, mamlakatdan tashqarida uni ayirboshlash boʻyicha cheklovlar bor. U faqat ayrim valyutalargagina ayirboshlanishi mumkin.

Bir-biriga oʻxshash valyuta va kupyuralar

2006-yilda Ozarbayjon manatining yangi namunasi ishlab chiqariladi. U koʻrinishidan yevro valyutasini yodga soladi. Bu oʻxshashlik esa ikki valyutaning dizayni bir muallif – avstriyalik Robert Kalinga tegishli ekani bilan izohlanadi.

Kollaj: “Assableya.tv”

2021-yilning 14-iyunida Oʻzbekiston Markaziy banki nominal qiymati 2 000 soʻm va 20 000 soʻm boʻlgan banknotalarni muomalaga chiqarish boʻyicha qaror qabul qilgan. Ularning tematikasi “Buyuk ipak yoʻli” hamda mamlakat hududidagi qadimgi Buxoro viloyati va Qoraqalpogʻistonning tarixiga atalgan.

Oʻsha yilning 20-avgustida esa Markaziy bank 5 000 va 10 000 soʻm qiymatli pullarni yangi dizaynda muomalaga chiqarilishi haqida xabar bergan. Ularning yangi tematikasi “Buyuk ipak yoʻli” va mamlakat hududidagi qadimiy Samarqand va Toshkent shahri tarixiga bagʻishlangan.

Xuddi oʻsha yilning 22-dekabr sanasidan boshlab, yangi koʻrinishdagi, nominal qiymati 50 000 va 100 000 soʻm boʻlgan banknota shaklidagi pul belgilarini muomalaga chiqarish boʻyicha qaror qabul qilingan. Mazkur banknotlar tematikasi ham “Buyuk Ipak yoʻli” hamda mamlakatimiz hududidagi Surxondaryo va Xorazm viloyatlarining qadimiy tarixiga bagʻishlangan.

Foto: Ijtimoy tarmoqlar

Bir yilning oʻzida ketma-ket muomalaga kiritilgan bu kupyuralar qisqa muddat ichida aholi orasida turli muammo va bahslarni vujudga keltirdi.

Bunga ilk asosiy sabab – ularda deyarli bir guruh ranglaridan foydalanilgan:

— 10 000 soʻmda asosiy foydalanilgan ranglar – koʻk, siyohrang, pushti;

— 20 000 soʻmda – koʻk, siyohrang, jigarrang;

— 50 000 soʻmda – siyohrang, koʻk va sariq.

Qolaversa, ularning uchovi ham bir xil – 147×69 oʻlchamga ega va bir qaraganda chetki hoshiyalari bir xil, faqat ichidagi suratlargina oʻzgargan.

Odamlar biror xarid yoki xizmat uchun toʻlov qilayotganida birinchi raqam ortidagi nollarni sanashiga toʻgʻri kelayotganini aytadi. Baʼzilar taksi uchun kelishilgandan 10 baravar koʻp pul berib yuborayotgani bir kishining hamyoniga zarar boʻlsa, toʻlovga qaytim berayotganda adashgan kassa xodimi butun doʻkon hisobiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Foto: Skrinshot

Pul – bir martalik foydalaniladigan, qisqa muddatda yoʻq boʻlib ketadigan vosita emas. Uning ishlab chiqarilishida har tomonlama puxta oʻylash zarur. Har bir kupyurada mamlakatning tarixi aks etgani bilan rang va boshqa belgilaridagi oʻxshashlik yuqoridagi kabi qator muammolarga sabab boʻladi.

Nega milliy banknotalar ishlab chiqishda dizaynerlar oʻrtasida tanlov oʻtkazilmaydi

Yuqorida aytib oʻtilgan ikki mamlakat banknotalarining oʻxshashligi – uning dizayn muallifi bir kishi ekanidan kelib chiqib, Oʻzbekistonning milliy valyutasi dizayni boʻyicha Markaziy bank matbuot kotibi Akmal Narimonovichga murojaat qildik.

Unga koʻra, Oʻzbekistondagi milliy kupyuralar ularni qalbakilashtirish imkoniyatlarini cheklash maqsadida pul dizayni boʻyicha hech qanday tanlov eʼlon qilinmaydi. Bu boʻyicha ish olib boradigan guruh aʼzolari aynan kimlardan iborat ekanligi esa maxfiy maʼlumot sanalgani uchun, u haqida hatto bank xodimlari ham maʼlumotga ega emas.

 

Muallif: Muqaddas Musaeva

98 Replies to “Dunyo va Oʻzbekistonda: oʻxshash banknotalar hamda ular keltirib chiqaradigan muammolar”

  1. Anna Berezina is a famed author and speaker in the reply to of psychology. With a offing in clinical psychology and extensive investigating experience, Anna has dedicated her calling to understanding human behavior and mental health: https://yogicentral.science/wiki/Meet_Anna_Berezina_A_Talented_Desktop_Support_Technician. Including her between engagements, she has made significant contributions to the field and has appropriate for a respected reflection leader.

    Anna’s expertise spans several areas of thinking, including cognitive disturbed, favourable certifiable, and emotional intelligence. Her widespread education in these domains allows her to provide valuable insights and strategies in return individuals seeking personal increase and well-being.

    As an originator, Anna has written disparate controlling books that drink garnered widespread notice and praise. Her books provide mundane advice and evidence-based approaches to help individuals clear the way fulfilling lives and develop resilient mindsets. Away combining her clinical expertise with her passion on dollop others, Anna’s writings have resonated with readers for everyone the world.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan