2023-yilda Oʻzbekistonning iqtisodiy oʻsish prognozi eʼlon qilindi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
2023-yilda Oʻzbekiston iqtisodiy oʻsishi 4,9 foizni tashkil etishi Jahon banki tomonidan prognoz qilindi.
Maʼlum qilinishicha, 2022-yilda Oʻzbekistonda yalpi ichki mahsulotning oʻsish darajasi 5,7 foizga yetgan. 2021-yilda esa 7,4 foizni tashkil etgan edi. Qayd etish kerakki, bu koʻrsatkich yildan-yilga pasayib bormoqda.
2023-yilda Rossiyada retsessiya va Xitoydagi sekin oʻsish Markaziy Osiyodagi iqtisodiy faollik darajasiga salbiy taʼsir qiladi. Prognozlarga koʻra, joriy yilda mintaqaning iqtisodiy oʻsishi 4,9 foizni tashkil etadi. Markaziy Osiyo davlatlaridagi YaIMning oʻsishi quyidagicha:
Oʻzbekistonda 4,9 foizga
Qozogʻistonda 3,5 foizga
Qirgʻizistonda 3,5 foizga
Tojikistonda 5% oshishi kutilmoqda.