Kimga qancha? Markaziy Osiyo davlatlari 2023-yil uchun suvni taqsimlab oldi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
Markaziy Osiyo davlatlari 2023-yilda Amudaryo va Sirdaryo havzalaridan qancha suv olishi maʼlum boʻldi. Bu haqda “AsiaPlus” agentligi xabar berdi.
Markaziy Osiyo davlatlarining suvni taqsimlab olish ishlari o‘tgan yilning noyabr oyida Ashxobodda Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv komissiyasi (ICWC) yig‘ilishida tasdiqlangan edi.
Unda kelishilgan limitga ko‘ra, bir yil ichida (2022-yil 1-oktabrdan 2023-yil 1-oktabrgacha) Amudaryo havzasidan olinadigan suv 55,4 milliard kub metrni tashkil etishi kerak, shundan 15,7 milliardi vegetatsiyadan tashqari davrga to‘g‘ri keladi (aprelgacha). Ushbu kelishuv doirasida Tojikiston 9,8 milliard kubometr, O‘zbekiston 23,6 milliard, Turkmaniston 22 milliard kubometr suv oladi.
Sirdaryo havzasidan suv olish limiti esa 4,2 milliard kub metrni tashkil etadi. Undan Tojikiston 365 million kub metr, O‘zbekiston 3,3 milliard, Qozog‘iston 452 million, Qirg‘iziston 47 million kub metr suv oladi.
Qayd etilishicha, 2022-yil vegetatsiya davrida Amudaryo havzasidagi suv miqdori ancha noaniq bo‘lgan: agar aprel-may oylarida u me’yoriy chegarada bo‘lgan bo‘lsa, iyun oyidan boshlab u 85-65 foizgacha kamaygan.
Ma’lumot o‘rnida, ICWCning navbatdagi 84-yig‘ilishi 2023-yil aprel oyida Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda yangi qishloq xo‘jaligi mavsumining vegetatsiya davrida suv ta’minoti masalalari qo‘shimcha ravishda muhokama qilinadi.
After reading your article, I have some doubts about gate.io. I don’t know if you’re free? I would like to consult with you. thank you.