Milliarderlar kelishmovchiligi tufayli Avstraliyadan Osiyoga quyosh energiyasi yetkazib berish loyihasi to‘xtatildi

Avstraliyadan Singapurga quyosh energiyasi yetkazib berishni maqsad qilgan 21 milliard dollarlik loyiha uning tepasida turgan avstraliyalik milliarderlar − Mayk Kennon-Bruks va Endryu Forrest kelisha olmagani sababli to‘xtatildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Singapurda joylashgan “Sun Cable” kompaniyasi “Australia-Asia PowerLink” loyihasi uchun ixtiyoriy ma’murlarni tayinlaganini e’lon qildi. U, shuningdek, kelgusida “FTI Consulting” ixtiyoriy ma’murlari yangi kapital izlashi yoki biznesni sotishi mumkinligi haqida gapirdi.

“Moliyalashtirish bo‘yicha takliflar taqdim etilgan bo‘lsa-da, kompaniyaning kelajakdagi yo‘nalishi va moliyalashtirish tuzilmasi bo‘yicha konsensusga erishib bo‘lmadi”, – dedi “Sun Cable” bayonotida.

Oktyabr oyida “Sun Cable” raisi va eko faol Kannon-Bruks loyihaga ishonchini saqlab qolishini aytgandi. Loyiha Singapur va Indoneziyaga energiya yetkazib beradigan dunyodagi eng uzun dengiz osti kabelini qurishni maqsad qilgan.

“Reuters”ning yozishicha, proyektga o‘tgan yili 210 million Avstraliya dollari (145 million AQSh dollari) miqdoridagi kapital jalb qilinishi va qurilish 2024-yilda boshlanishi kerak edi. Biroq bu mablag‘ hali taqdim etilmagan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *