Dunyoning eng badavlat odami o‘z qizini “Dior” rahbari etib tayinladi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Четверг, Июн 8, 2023
2022-yil dekabrida Ilon Maskni ortda qoldirib, dunyoning eng boy odami bo‘lgan Bernard Arno o‘z qizini “Dior” modalar uyiga rahbar etib tayinladi. “Dior” kompaniyasi rahbari Pietro Bekkari esa “Louis Vuitton” bosh direktori Maykl Burkning o‘rniga o‘tiradi. Bu haqda “BBC” xabar berdi.
Xabarda keltirilishicha, Janob Arno 47 yoshli qizi Delfin Arnoni Yevropaning eng qimmat kompaniyasi bo‘lmish “LVMH” kompaniyasidagi o‘zgarishlar doirasida yangi lavozimga ko‘tardi. Kompaniya “Fendi”, “Dior” va “Louis Vuitton” kabi eng mashhur brendlarga egalik qiladi. Uning qiymati taxminan 336 milliard funt sterling (408,5 millard dollar) ga teng.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Bernard Arnoning besh farzandi ham kompaniyaga tegishli brendlarda boshqaruv lavozimlarida ishlaydi. Bundan biroz avval to‘ng‘ich o‘g‘il Antuan Arno oilaning xolding kompaniyasiga rahbar etib tayinlangan. 30 yoshli Aleksandr Arno “Tiffany” kompaniyasida mahsulotlar va aloqa uchun mas’ul, 28 yoshli Frederik Arno esa boshqa bir guruh brendi “Tag Heuer”ning direktori. Oilaning eng kichik farzandi, 24 yoshli Jan Arno “Louis Vuitton” ishlab chiqaradigan soatlar bo‘limida rahbarlik qiladi.
So‘nggi yillarda moda olamining boshqa yirik kompaniyalarida ham shunga o‘xshash oilaviy tayinlovlar ko‘p kuzatildi. Masalan: “Zara” va “Massimo Dutti” kabi brendlarga egalik qiluvchi “High Street” moda giganti 2021-yilda 37 yoshli qizi Marta Ortegani yangi rais etib tayinladi. “Prada” moda uyi rahbari Patritsio Bertelli yaqinda kompaniya boshqaruvini ikki yil ichida o‘g‘li Lorenzoga topshirmoqchi ekanini aytdi.
Your article made me suddenly realize that I am writing a thesis on gate.io. After reading your article, I have a different way of thinking, thank you. However, I still have some doubts, can you help me? Thanks.