“Apple” bosh direktori 2023-yilda qancha maosh oladi?

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
“Apple” kompaniyasi bosh direktori Tim Kukning 2023-yildagi maoshi o‘tgan yilgiga nisbatan kamroq bo‘lishi kutilmoqda. Chunki u oladigan maosh kompaniya aksiyalari narxiga bog‘liq. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Xabarda keltirilishicha, 2023-yil uchun Kukning ish haqi 49 million dollar qilib belgilandi. Bu uning 2022-yilgi maoshidan deyarli 40 foizga kam. Uning sentabrda yakunlangan 2022-moliyaviy yil uchun olgan ish haqi 99,4 million dollarni tashkil etgan edi. 2021- yilda esa 98,7 million dollar maosh olgan.
Maoshdan tashqari, bosh direktor mukofot puli ham oladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-moliyaviy yil uchun “Apple” unga 75 million dollar mukofot taqdim etgan. 2023-moliyaviy yil uchun Kukning mukofoti 40 million dollarga qisqartirildi. Bu aksiyalar narxining pasaygani bilan bog‘liq ekani aytilmoqda.
Your point of view caught my eye and was very interesting. Thanks. I have a question for you.