Rossiya xalqaro zaxiralari bir hafta ichida 4,5 milliard dollarga oshdi

Rossiyaning xalqaro zaxiralari bir hafta ichida 4,5 milliard dollarga yoki 0,8 foizga oshib, 2023-yil 6-yanvar holatiga koʻra 582 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

“Xalqaro zaxiralar 2023-yil 6-yanvardagi kun yakuniga koʻra, ijobiy qayta baholash taʼsirida bir hafta ichida 4,5 milliard dollarga yoki 0,8 foizga koʻpayib, 582 milliard dollarni tashkil etdi”, — dedi regulyator.

Keltirilishicha, 30-dekabr holatiga koʻra xalqaro zaxiralar 577,5 milliard, bir hafta oldin 0,7 foizga (4,2 milliard) qisqarishi kuzatilgan edi.

Ma’lumot uchun, xalqaro zaxiralar — bu xorijiy valyuta aktivlari, monetar oltin, maxsus qarz olish huquqi, Xalqaro valyuta jamgʻarmasidagi (XVF) zaxira pozitsiyasi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *