Argentinada yashash narxi deyarli ikki baravarga qimmatlashdi

2022-yilda Argentinada narxlar deyarli ikki baravar qimmatga ko‘tarilgani qayd etildi. Bunga sabab mamlakatning yillik inflyatsiya darajasi 30 yildan ortiq vaqt ichidagi eng yuqori darajaga yetgani bo‘ldi. Bu haqda “BBC” xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, iste’mol narxlari dekabr oyining oxirigacha bo‘lgan 12 oy ichida 94,8 foizga oshgan. Bu Janubiy Amerika davlatida 1991 – yildan beri kuzatilgan eng tez inflyatsiya sur’atini ko‘rsatadi. O‘tgan yili Argentina markaziy banki o‘sib borayotgan yashash narxini jilovlash umidida o‘zining asosiy foiz stavkasini 75 foizga ko‘tardi.

Argentinaning oylik inflyatsiya darajasi dekabrda 5,1 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich mamlakatda iyul oyida kuzatilgan 7,4 foizlik eng yuqori inflyatsiya darajasidan kam. Dekabr oyida narxlarning o‘sishiga restoranlar, mehmonxonalar, spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari kabi sohalarda 7 foizdan ortiq o‘sgan narxlar sabab bo‘ldi.

Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVJ) Janubiy Amerikaning ikkinchi yirik iqtisodiyoti uchun yordam tariqasida yana 6 milliard dollar (4,9 milliard funt sterling) mablag‘ ajratishni tasdiqladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan