Osiyo davlatlari arzonlashtirilgan Rossiya neftini katta miqdorda sotib olmoqda

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Sen 24, 2023
Rossiya Xitoyga tegishli kamida beshta supertankerda Urals neftini Xitoy va Hindistonga jo‘natmoqda. Savdo manbalari va kuzatuv ma’lumotlariga ko‘ra, “VLCC” 2 million barrelgacha, “Suezmax” kemasi 1 million barrelgacha va “Aframax” 0,6 million barrelgacha yuk tashishi mumkin. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy yetakchisi Si Zinpin Ukrainadagi urush oldidan cheksiz hamkorlikni yo‘lga qo‘yganidan so‘ng, dunyoning eng yirik neft importchisi Xitoy G‘arb sanksiyalariga qaramay, Rossiya neftini sotib olishda davom etmoqda. Manbalarning ta’kidlashicha, beshinchi supertanker, juda katta xom neft tashuvchisida (VLCC) Hindistonga xom neft jo‘natgan.
Dekabr oyida kiritilgan G7 narxlar chegarasi Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi mamlakatlarga dengiz orqali Rossiya neftini import qilish imkonini beradi, ammo u yuk tashish va sug‘urta kompaniyalariga 60 dollardan past narxga sotilmasa, Rossiya xom ashyosini tashishni taqiqlaydi.
“Ural narxlari belgilangan narxlardan ancha past bo‘lganligi sababli, uni sotib olish va sotish biznesi qonuniydir”, – dedi yuk tashishda ishtirok etgan Xitoy firmasi rahbari.
Ma’lumotlarga ko‘ra, katta chegirma va rekord darajadagi yuk tashish stavkalari Rossiyaga foyda keltirmoqda, Osiyo yo‘nalishida supertankerlardan foydalanish esa endi yuk tashish xarajatlarini yana-da kamaytirishi mumkin. Hindiston neft vaziri Hardip Singx Puri payshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida mamlakatni eng arzon narxdagi neft bilan ta’minlay oladigan joydan neft sotib olishini ta’kidladi.
Yuk tashishda ishtirok etgan xitoylik firma rahbari 2023-yilda 18 ta Xitoy supertankeri va yana 16 ta “Aframax” o‘lchamli kemadan Rossiya xomashyosini tashish uchun ishlatilishi mumkinligini aytdi. Bu yiliga 15 million tonna yoki Urals eksportining 10 foizini tashkil qiladi.
Thank you for your sharing. I am worried that I lack creative ideas. It is your article that makes me full of hope. Thank you. But, I have a question, can you help me? https://www.binance.com/el/register?ref=OMM3XK51