2022-yilda tadbirkorlarga nisbatan 21 mingga yaqin qonunbuzilishi sodir etilgan

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
2022-yilda tadbirkorlarga nisbatan 20 928 ta qonunbuzilishi holati sodir etilgan. Bu haqda Biznes-ombudsman axborot xizmati rahbari Jamshid Hasanov maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, yil davomida tadbirkorlik subyektlaridan Biznes-ombudsmanga jami 9850 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, 4319 ta holatda (48 foiz) tadbirkorning huquqlari tiklangan, qolgan murojaatlar boʻyicha huquqiy tushuntirish berilgan. Kelib tushgan murojaatlarning 18 foizi soliqqa oid, 14 foizi yer, kadastr va arxitektura bilan bogʻliq, 14 foizi bank, kreditga bogʻliq, 9 foizi infratuzilmaga oid, 6 foizi sud va boshqa masalalaridagi murojaatlarga toʻgʻri keladi.
Tadbirkorlarga nisbatan sodir etilgan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan 2591 ta taʼsir chorasi qoʻllanilib, shundan 2126 mansabdor va masʼul shaxslarga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomalar rasmiylashtirilgan va 5,1 mlrd soʻm jarima chorasi qoʻllangan.
Maʼmuriy huquqbuzarliklar bilan bogʻliq 797 ta holatda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish, 675 ta holatda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish, 414 ta holatda davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonun hujjatlarini buzish, 240 ta holatda boshqa huquqbuzarliklarga toʻgʻri keladi.
Ma’lum boʻlishicha, maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlar hududlar kesimida eng koʻpi Namangan viloyatida (243 ta), Samarqand viloyatida (205 ta), Toshkent shahrida (189 ta) va Qashqadaryo viloyatida (183 ta) qayd etilgan.
Ushbu koʻrsatkich sohalar kesimida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tizimida 321 ta, Soliq idoralarida 250 ta, Qurilish vazirligi tizimida 194 ta va Agrosanoat majmuasi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tizimida 179 taga toʻgʻri keldi.
Shu bilan birga, tadbirkorlar manfaatlarini koʻzda tutuvchi 51,3 milliard soʻmlik daʼvolar sudga kiritilgan.
Amalga oshirilgan ishlar natijada noqonuniy qabul qilingan 198 ta qaror va hujjat bekor qilinib, 123 nafar masʼul shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, tadbirkorlarning 436 gektar yer maydoniga boʻlgan mulk huquqi tiklangan.
I have read your article carefully and I agree with you very much. This has provided a great help for my thesis writing, and I will seriously improve it. However, I don’t know much about a certain place. Can you help me?