Nepalda bortida 72 kishi bo‘lgan samolyot yerga qulab tushdi

Nepalning Poxara shahrida 5 yil ichidagi eng dahshatli aviahalokat yuz berdi. Uchib ketayotgan samolyot tog‘ yon bag‘riga qulab tushdi. Voqea haqida “Reuters” ma’lumot berdi.

Agentlikning yozishicha, aviahalokat natijasida 40 ga yaqin inson hayotdan ko‘z yumdi. Yuzlab qutqaruvchilar bortida 72 kishi bo‘lgan “Yeti Airlines” samolyoti qulagan tog‘ yonbag‘rini tekshirmoqda.

Aviatsiya boshqarmasi bergan bayonotida havo kemasi soat 15:50 da Seti darasida aeroport bilan aloqaga chiqqani, keyin esa qulab tushganini aytdi. Samolyotning yarim bo‘lagi tog’ yonbag’rida, qolgan yarmi Seti daryosi darasiga tushib ketgan.

“Aviation Safety Network” maʼlumotlariga koʻra, halokat Nepaldagi 2018-yil mart oyidan beri eng katta halokatli hodisa boʻldi. Bundan avval Dakkadan AQSh-Bangladesh samolyoti Katmanduga qoʻnayotganda halokatga uchragan va bortdagi 71 kishidan 51 nafari halok boʻlgan.

2000-yildan beri Nepalda samolyot yoki vertolyot halokati kamida 309 kishining umriga zomin bo‘lgan. Halokatlarga dunyodagi 14 ta eng baland tog‘larning sakkiztasi, jumladan, Everest shu mamlakat hududida joylashgani, ob-havo to‘satdan o‘zgarib, xavfli sharoitlarni keltirib chiqarishi sabab bo‘ladi. Yevropa Ittifoqi xavfsizlik nuqtai nazaridan 2013-yildan beri Nepal aviakompaniyalarini o‘z havo hududiga kirishni taqiqlagan.

One Reply to “Nepalda bortida 72 kishi bo‘lgan samolyot yerga qulab tushdi”

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *