Shahar hokimligi: Poytaxtning savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, istiroxat bog‘larida ish rejimi qisqartirildi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
Toshkent shahrida oziq-ovqat doʻkonlari va umumovqatlanish korxonalaridan tashqari barcha savdo va xizmat koʻrsatish shahobchalari, koʻngil ochar savdo markazlari va istiroxat bogʻlari qisqartirilgan ish rejimiga oʻtkaziladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Unda keltirilishicha, bu harakat havo-haroratining keskin pasayshi davrida aholi xonadonlariga elektr va gaz taʼminotini uzluksiz yetkazish maqsadida amalga oshirilmoqda. Shahardagi barcha savdo va xizmat koʻrsatish shahobchalari, koʻngil ochar savdo markazlari va istiroxat bogʻlari ish faoliyatini ertalab soat 10-00 dan 17-00ga qadar amalga oshirishi lozim.
Hokimlik, shuningdek, ish vaqtidan soʻng, barcha elektr asboblari, isitish uskunalarini oʻchirilgan holda elektr va gaz isteʼmolini toʻxtatishni talab qildi.
Can you be more specific about the content of your article? After reading it, I still have some doubts. Hope you can help me.