“Adidas” boshqa bir moda gigantiga qarshi sudda yutqazdi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
“Adidas” yana bir moda giganti bo‘lgan “Thom Browne” brendiga qarshi sudda yutqazdi. Sudda “Adidas” “Thom Browne” ning to‘rt chiziqli dizayni o‘zining uchta chiziqli dizayniga juda o‘xshashini da’vo qilgan. Bu haqda “BBC” xabar berdi.
“Browne” ning ta’kidlashicha, xaridorlar ikki brendni chalkashtirib yuborishlari dargumon. Advokatlar bu ikki brend turli mijozlarga xizmat ko‘rsatishini ta‘kidladi. “Adidas” tovon puli uchun 7,8 million dollar talab qilishni rejalashtirgan edi, ammo Nyu-Yorkdagi hakamlar hay’ati “Browne” ni yoqladi.
“Adidas“ ushbu sud jarayonini 2021-yilda boshlagan bo‘lsa-da, ikki kompaniya o‘rtasidagi kurash 15 yildan ko‘proq vaqt davom etib keladi. 2007-yilda “Adidas” “Tom Browne” kurtkalarda uch chiziqli dizayndan foydalanayotganidan shikoyat qilgan. Shunda “Browne” undan foydalanishni to‘xtatishga rozi bo‘lgan va dizayniga to‘rtinchi chiziqni qo‘shgan.
“Adidas“ dan farqli ravishda, “Thom Browne” faoliyatida sport kiyimlari ustunlik qilmaydi. Uning mahsuloti badavlat mijozlarga qaratilgan – masalan, ayollar poshnali tuflisi 680 funt sterling (831 dollar) turadi, polo ko‘ylak esa 270 funt sterling (330 dollar).