Jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan “Buxoro turizm markazi” boshqa hududda quriladi

Soʻnggi kunlarda OAVda keng muhokamalarga sabab boʻlayotgan Buxoro shahrida “Buxoro turizm markazi” qurish masalasi boʻyicha jamoatchilik va fuqarolar fikri inobatga olingan holda, loyiha uchun boshqa maqbul yer maydoni tanlanadi. Bu haqda Buxoro viloyati matbuot xizmati xabar berdi.

Unda keltirilishicha, bugungi kunda “Buxoro turizm markazi” loyihasi dastlabki bosqichda tayyorlanmoqda. Ushbu loyiha puxta ishlab chiqilgandan soʻng tegishli tartibda barcha kelishuvlardan oʻtkaziladi.

Shuningdek, YUNESKO umumjahon markazining tegishli xulosasi olingan holda, yakuniy qaror qabul qilinadi va shundan soʻng qurilish ishlari boshlanadi.

One Reply to “Jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan “Buxoro turizm markazi” boshqa hududda quriladi”

  1. Your article made me suddenly realize that I am writing a thesis on gate.io. After reading your article, I have a different way of thinking, thank you. However, I still have some doubts, can you help me? Thanks.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *