Shvetsiya startapi G‘arb davlatlarini elektr samolyotlarga o‘tishni subsidiyalashga chaqirdi

Shvetsiyaning “Heart Aerospace” startapi asoschilaridan biri G‘arb davlatlari aviatsiya sanoatini elektr samolyotlarga o‘tishga va uglerod chiqindilarini kamaytirishga undash uchun ko‘proq subsidiya ajratishga chaqirdi. Bu haqda “Forbes” xabar berdi.

Unda keltirilishicha, aviakompaniyalar elektr samolyotlariga o‘tish uchun rag‘batga muhtoj, shu sababdan G‘arb mamlakatlari hukumati ularni qo‘llab-quvvatlashi kerak.

“Qonunni hukumat ishlab chiqadi. Aviakompaniyalar iqtisodiy rag‘batga ega bo‘lishi kerak. Hozir bizga turtki kerak”,- dedi “Heart Aerospace” startapi asoschilaridan biri Anders Forslund.

Forslundning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatlar 2040-yilgacha barcha ichki reyslarni elektr samolyotlarga o‘tkazish niyatida bo‘lgan Norvegiyadan o‘rnak olishlari kerak. Uning qo‘shimcha qilishicha, Norvegiyada bunday yondashuv subsidiyalar tufayli mavjud.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *